Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish targ‘iboti.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi va O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida ijtimoiy sheriklik yo‘li bilan iste’molchilik ijtimoiy harakatini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik lisey o‘qituvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.