Joriy yilning 5-iyul sanasi 11:00da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari S.Buzrukxonov Farg’ona davlat universiteti rektorat binosining majlislar zalida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabulini o’tkazadi.

Sayyor qabulda Oliy, professional ta‘lim muassasalari (kollej, texnikum, kasb-hunar maktablari) va akademik litseylarda qabul jarayonlari davomida vujudga kelayotgan masala va takliflar, shuningdek yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolar bilan ochiq muloqot va davra suhbati bo’lib o’tadi!

Undan tashqari, yoshlarni qiziqtirayotgan start-up loyihalar tanlovida qatnashish va g’olib bo’lish kabi masalalar ham muhokama qilinadi.