2025-yil 24-iyul kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi ustozlari va o‘quvchilari Prezidentimiz tashabbuslari bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajakka qadam” yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirda faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning kasb-hunar o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish, mehnat bozoridagi talablar haqida ma’lumotga ega bo‘lish hamda o‘z kelajak rejalari ustida izlanishga undashga qaratildi. Unda qatnashgan o‘quvchilar turli soha vakillari bilan ochiq muloqotlar olib bordilar, motivatsion ma’ruzalarni tingladilar hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir o‘quvchi-yoshlar uchun katta hayot sari tashlangan navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.