Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 2025-yil 25-iyul kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilarning hamda Soy bo‘yi MFY yoshlarining ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Kibersport” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa doirasida o‘quvchi-yoshlar zamonaviy kompyuter o‘yinlari orqali intellektual va strategik salohiyatlarini namoyon etdilar. Ayniqsa, Counter-Strike 1.6 o‘yini asosida o‘tkazilgan jamoaviy bellashuvlar ularda tezkor fikrlash, jamoada ishlash va texnologiyaviy savodxonlikni kuchaytirishga xizmat qildi.
Tadbir do‘stona muhitda, sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi. “Kibersport” musobaqasi yoshlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi hamda bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazishda muhim omil bo‘ldi.