Farg‘ona Davlat Texnika universiteti 2-son akademik litseyida bugun 16-aprel kuni litsey ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Zamiraxon Raxmonova tomonidan “Kitobxon o’quvchi” loyihasi doirasida Shukrulloning “Kafansiz ko’milganlar”asari muhokama qilindi. Ushbu asarda insoniylik, vijdon, urush dahshatlari va hayot-mamot kurashi kabi dolzarb mavzular qalamga olingani ta’kidlandi.
So‘ngra o‘quvchilar asar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. O’quvchilar bosh qahramonning ichki kechinmalari va urush voqealari tasviriga to‘xtaldi.
Tadbir davomida o‘quvchilar asardagi obrazlar, syujet rivoji va muallifning badiiy uslubiga ham baho berdilar.
O‘quvchilar asarni chuqur anglab, o‘z fikrlarini erkin bayon eta olishdi. “Kitobxon o‘quvchi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbir kitobga bo‘lgan mehrni oshirdi, estetik did va fikrlash qobiliyatining rivojiga xizmat qildi.

- 16 Apr
- 2025