“Kitobxon yoz–2025” doirasida Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari tahlili o‘tkazildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Kitobxon yoz–2025” tadbirlar rejasiga muvofiq, yozgi ta’til davomida FarDTU 2-son akademik litsey o‘quvchilari hamda Soy bo‘yi MFY yoshlari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Joriy yilning 7-iyul kuni litsey ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi H. Parpiyeva tomonidan Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari tahlili o‘tkazildi. Tadbirda asarning asosiy g‘oyasi, tarixiy voqealar bilan bog‘liqligi, obrazlar tahlili va muallifning o‘z davri uchun bergan teran ijtimoiy xabari muhokama qilindi.

O‘quvchi-yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirar ekanlar, adabiy asarlarni o‘qishning nafaqat bilimni, balki tafakkurni, ma’naviyatni boyitishi haqida suhbatlashdilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarga yozgi ta’til davomida kitob mutolaasini davom ettirish, o‘zaro kitob almashish va o‘z fikrlarini baham ko‘rish tavsiya etildi.