“Kitobxon yoz – 2025” loyihasi doirasida “O‘tkan kunlar” romani tahlili o‘tkazildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davomida FarDTU 2-son akademik litsey o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan “Kitobxon yoz – 2025” tadbirlar rejasiga asosan, joriy yilning 16-iyun 2025-yil kuni adabiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Litsey ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Z. Rahmonova tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida o‘zbek adabiyoti klassigi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani tahlili va muhokamasi o‘tkazildi. Tadbir davomida asardagi asosiy g‘oya va obrazlar, tarixiy voqealar, milliy qadriyatlar, yozuvchining mahorati haqida keng qamrovli tushuntirishlar berildi.

O‘quvchilar roman qahramonlari xarakteri, asarda ko‘tarilgan ijtimoiy-madaniy masalalar va ularning bugungi kundagi dolzarbligi haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ushbu tahlil mashg‘uloti o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, adabiy tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish va ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qildi.