“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davomida FarDTU 2-son akademik litsey o‘quvchilari hamda Soy bo‘yi MFY yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “Kitobxon yoz–2025” tadbirlar rejasiga asosan, 2025-yil 21-iyul kuni litseyning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi H. Parpiyeva tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asari yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tahlil mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida asarning mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi, bosh qahramonlar obrazlari, hayotiy saboqlari va muallifning hayotga bo‘lgan falsafiy qarashlari yuzasidan qizg‘in suhbat va muhokamalar olib borildi. Ishtirokchilar asardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, kitobxonlik madaniyatini yanada mustahkamlashdi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida adabiyotga mehr uyg‘otish, ularda tahliliy fikrlashni shakllantirish va kitob mutolaasini kundalik hayotga aylantirishga xizmat qildi.
📚 Bizni kuzatishda davom eting!