Konstitutsiya kuni munosabati bilan namunaviy darslar va tanlovlar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali akademik litseyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-noyabrdagi 3/15-52-53-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida barcha guruhlarda namunaviy dars materiallari asosida Konstitutsiya darslari yuqori saviyada tashkil etildi.

Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Konstitutsiya va yoshlar” shiori ostida tadbirlar va ijodiy ishlar tanlovi ham o‘tkazildi. Bu tadbirlar yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, Konstitutsiyaning ahamiyatini chuqur anglash va ijodiy salohiyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Bunday sa’y-harakatlar yosh avlodda vatanparvarlik, qonunlarga hurmat va faollikni kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega.