Bugun akademik litseyning 5-24-guruh o‘quvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya va yoshlar” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda guruh rahbari Ma’rufjon Salaydinov va huquq fani o‘qituvchisi Gulbahor Ro‘ziyeva ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Konstitutsiyamizning ahamiyati, uning yoshlar hayotidagi o‘rni va huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan mavzular atroflicha yoritildi. Ishtirokchilar mazkur qonun hujjatlarining asosiy tamoyillari haqida o‘z bilimlarini boyitib, jonli va qiziqarli muhokamalarda qatnashdilar.
Bunday tadbirlar yoshlarda huquqiy ongni shakllantirish va kelajakka mas’uliyat bilan qarashga yordam beradi. Konstitutsiyamiz qadriyatlarini chuqur anglab yetadigan va ularni amalda qo‘llay oladigan avlod yetishsin!