Akademik litseyning 8-24-guruh o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Korrupsiyasiz hayot” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
Tanlov davomida o‘quvchilar korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning oldini olish yo‘llari va qonun ustuvorligi haqidagi o‘z qarashlarini ijodiy usulda ifoda etdilar. Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarda halollik, adolat va qonuniylik tamoyillarini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.