“Kvadrat funksiya va uning grafigi” mavzusida ochiq dars

2025-yil 10-aprel kuni akademik litseyning faol va tashabbuskor ustozlaridan biri, matematika fani o‘qituvchisi Nodira Dostonova tomonidan 3-juftlikda, 309-honada 5-24 guruhi bilan “Kvadrat funksiya va uning grafigi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq darsda o‘quvchilarga kvadrat funksiyaning matematik asoslari, uning grafigi va amaliy qo‘llanilishi haqida keng qamrovli tushunchalar berildi. Interaktiv usullar va vizual materiallardan foydalangan holda darsni samarali tashkil etishdi. O‘quvchilar kvadrat funksiyaning xususiyatlarini o‘rganib, amaliy masalalarni yechishda faol ishtirok etdilar.

Mazkur ochiq dars o‘quvchilarga matematikani yanada chuqurroq anglashga, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga imkon yaratdi.