2025-yil 6-yanvar kuni akademik litseyimizda 7-24 guruh o‘quvchilarining ota-onalari uchun maxsus yig‘ilish tashkil etildi. Tadbir davomida faol va bilimli o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etilib, ularning sa’y-harakatlari e’tirof etildi.
Fan o‘qituvchilari va guruh rahbari tomonidan har bir o‘quvchining bilim darajasi va tarbiyasi chuqur tahlil qilinib, kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari belgilab berildi. Yig‘ilish, ota-onalar va pedagoglar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.