Akademik litseyimizning faol va iqtidorli o‘quvchilari ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritib, yana bir bor bilim va intiluvchanliklari bilan barchaga namuna bo‘ldilar!
Bu yutuq – o‘quvchilarning mehnatsevarligi, ota-onalarning qo‘llab-quvvatlovi hamda ustozlarning fidokorona mehnatining natijasidir.
Aziz o‘quvchilar, siz bilan faxrlanamiz! Yutuqlaringiz bardavom, zafarlaringiz barhayot bo‘lsin!
Ota-onalarga va ustozlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!