Bugun, 2024-yil 13-dekabr kuni akademik litseyning fransuz tili fani o‘qituvchisi Matluba Isamutdinova tomonidan 8-24-guruh o‘quvchilari uchun “Ma journée de travail” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida o‘quvchilar o‘z kunlik ish faoliyatlari haqida fransuz tilida fikr bildirish, so‘z boyligini oshirish va grammatikani amaliy qo‘llash bo‘yicha faol qatnashdilar. Ochiq dars innovatsion usullar va interfaol o‘yinlardan foydalangan holda o‘tkazilib, o‘quvchilarning fransuz tilida yozma va og‘zaki nutqini rivojlantirishga qaratildi.