2025-yil 18-aprel kuni FarDTU huzuridagi 2-son akademik litseyda o‘quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, tarixiy merosimiz va boy madaniyatimizga nisbatan hurmat hamda muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida o‘quvchilarning Farg‘ona viloyati madaniyati va tarixi muzeyiga tashrifi uyushtirildi. Tashrif davomida o‘quvchilar yurtimiz tarixining turli bosqichlariga oid noyob eksponatlar, qadimiy buyumlar, madaniy meros namunalarini ko‘zdan kechirdilar. Ularga muzey xodimlari tomonidan har bir bo‘lim, eksponat va tarixiy faktlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.