Bugun akademik litseyimizda “Milliy qadriyatlar – millatimiz g‘ururi” shiori ostida katta bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida milliy taomlar tayyorlanib, milliy liboslar namoyish etildi va milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi. Ushbu bayram barchaga xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odatlari va qadriyatlarini yana bir bor eslatdi. O‘quvchilar va ustozlar o‘z an’analarimizga sodiqlikni namoyon etib, milliy o‘zligimizni ifoda etishdi. Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

- 25 Feb
- 2025