Ochiq eshiklar» kuni oʻtkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida TATU Farg’ona filiali qoshidagi akademik litseyi oʻquvchilari uchun «Ochiq eshiklar» kuni oʻtkazildi.

Unda akademik litseyi oʻquvchilari filialda talabalarga yaratilgan sharoitlar, ilmiy va oʻquv laboratoriyalari hamda filial kutubxonasi bilan tanishib oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shuningdek filial talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy va startap loyihalar bilan ham tanishishdi.