2025-yil 11-aprel kuni akademik litseyning 3-juftlik dars mashg‘ulotida ona tili fani o‘qituvchisi Parpiyeva Xadijaxon tomonidan 9-24-guruhida “Olmosh so‘z turkumi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Dars davomida o‘quvchilarga olmosh so‘z turkumining grammatik xususiyatlari, turli vaziyatlardagi qo‘llanilishi va ularning ma’no jihatidan farqlari tushuntirildi. O‘quvchilar amaliy misollar yordamida olmoshlarni to‘g‘ri ishlatish va so‘zlarning tuzilishini chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.