Diqqat, tanlov!  “Onalarni madh etib” tanlovi
TATU Farg‘ona filiali akademik litseyi 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami oldidan akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida  “Onalarni madh etib” videoroliklar tanlovini o‘tkazadi.
Tanlovning maqsadi:
Tabarruk zot bo‘lgan onalarni, ayollar, opa-singillarni ardoqlash va ularni tarannum etish.
Tanlov shartlari:
Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan 2 daqiqalik kreativ yo‘nalishdagi videorolik tayyorlash. Talabga ko‘ra, videorolikda –  ona, ayol, opa-singillarimizning inson kamolotidagi beqiyos xizmati, jamiyatdagi o‘rni kreativ yondoshgan holda ochib berilishi kerak. Videorolikda  – she’r, qo‘shiq, raqs, teatrlashgan sahna, zamonaviy ko‘rinishdagi vayn yo‘nalishlaridan foydalanish mumkin.
Videoroliklar 1- mart kuni soat 18:00ga qadar qabul qilinadi.
Videoroliklar ushbu akademik litsey telegram kanalida ovozga qo‘yiladi.
Tanlov g‘oliblarni taqdirlash:
Tanlovda yuqori o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.