FarDTU huzuridagi 2-son akademik litseyda yoshlar bilan doimiy muloqot, yashash va o’qish sharoitlariga e’tibor qaratish uchun navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Akademik litsey direktori Ilhomjon Komilovich Mamajonov akademik litsey turar joyida yashovchi o’quvchi yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbat olib bordilar. Uchrashuvdagi o’quvchilarning yashash sharoitlari ko’zdan kechirildi, mavjud muammolar va takliflar tinglandi.
Litsey direktori tomonidan zaruriy tavsiyalar berilib, sharoitlarni yanada yaxshilash bo’yicha takliflar berildi. Bunday uchrashuvlar o’quvchilar hayoti va ta’lim sifati bilan bevosita tanishish, fikr va istaklarini inobatga olishda muhim ahamiyat kasb etadi.