Polvonova Bashoratxon ustozning PhD dissertatsiyasini himoyasi o’tdi.

Bugun 2024 yil 5- oktyabr kuni akademik litseyning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Polvonova Bashoratxon ustozning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Sintaktik sinonimiya va sintaktik variantlilik” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 5 oktyabr kuni soat 8:00 dagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ustozni chin dildan akademik litsey jamoasi va o‘quvchilari nomidan samimiy muborakbod etamiz!