Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali akademik litsey psixologi
Yo’ldashev Elyor Alisherovich
TATU Farg’ona filiali akademik litseyida psixologik faoliyati
2021-2022- o‘quv yilida akademik litseyda 340 nafar o‘quvchi ta’lim olishmoqda. Psixologlarni yillik ish rejasidan kelib chiqib, oylik ish reja, xaftalik ish reja tuzildi. Shu reja asosida ota-onalar bilan suhbat daftar, o‘quvchilar bilan suhbat daftar hamda pedagog xodimlar bilan suhbat daftarni yuritildi.
”Ruhiyat olamida” to‘garagi tashkil etildi.
Akademik litseyda yillik reja asosida, quyidagi ishlar amalga oshirildi. Suitsid ya’ni “o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvor paydo bo‘lishiga” yo‘l qo‘ymaslik, o‘quvchilar o‘rtasida noxush xolatlarni oldini olish maqsadida tarbiyaviy soatlar doirasida o‘quvchilar bilan psixologik treninglar o‘tkazib borilmoqda. «Ruhiyat olamida»,”O‘zingni angla” to‘garagimiz ishtirokchilari bilan “Hayol inson ruhiyatining parvozi” mavzusida trening o‘tkazildi. Treningda asosan 1-2 bosqich to‘garak a’zolari ishtirok etdilar. Teningni asosiy maqsadi o‘quvchilarni dars jarayonlarida hayol so’rmaslik, fikrni jamla olishlari, diqqatni o‘tilayotgan fanga qaratishligi va fanlardan a’lo baholarga o‘qishligidir.
«Ruhiyat olamida» to‘garagi ishtirokchilari bilan “Sehrli stol” treningini o‘tkazildi. Treningda asosan 1 bosqich o‘quvchilari ishtirok etdilar. Teningni asosiy maqsadi o‘quvchilarni dars jarayonlarida fikrlarini tez namoyon qila olishligi, xarakatchang, uddaburon bo‘lishi, o‘z xaqqini osonlikcha boshqalarga bermastlik,doimo yaxshilikka, hayotga intilib yashashga undaydi.
Bundan tashqari psixologik diagnostika yo’nalishi bo’yicha 1-2 bosqich o‘quvchilari o‘rtasida guruh jamoalarida psixologik iqlim monitoringi o’tkazildi. Bunda Zalyubovskayaning «Psixologik yaqinlik» anketasi, guruhni idrok etilishi metodikasi o’ttkazildi. Mazkur metodika Ye. V. Zalyubovskaya tomonidan taklif etilgan bulib, individda guruhni idrok etishning 3 tipidan qaysi biri ustun ekanini aniqlashga xizmat qiladi. Metodika guruhlar kesimida o’tkazilib natijalar tahlil qilindi.
O‘quv yili boshida barcha guruh o‘quvchi qizlari o’rtasida «Qizlarga maslahat» nomli tadbir va davra suhbati o’tkazildi. Bu tadbirda akademik litsey psixologi, xamshira, ayol gurux raxbarlar, akademik litsey xotin qizlar kengashi raxbari va barcha o’quvchi qizlar ishtirok etdilar. Tadbirda qizlarni oilaviy xayotga tayyorlash , ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish , erta turmush va erta tug‘ruq xolatlarini oldini olish, doimo toza va ozoda yurish, turli xil taqinchoklar taqmaslik, sochlarini har-xil rangga buyamasligi , ortiqcha pardoz andoz qilmasdan doimo o’quvchilar formasida kelishlari, o’ta ishonuvchan bo’lmasligi buyicha maqsadli maslaxatlar berildi va tushuntirildi.
Akademik litsey psixologik trening , tadbir va turli xildagi test va so’rovnomalar o’tkazib borilmoqda. «Men baxtli inson bo’la olaman», «Xayotiy qadriyatlarning shakllantirishni psixologik omillari», «Odob –inson ziynati» , «O’quvchilarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish» «O’quvchilarda muloqotchanlikni shakllantirish» mavzusida trening mashg’ulotlari o’tkazildi. « Biz jinoyatchilikka qarshimiz» nomli tadbir o’tkazildi. To’garak a’zolari bilan birgalikda «Xayot go’zal chunki unda men borman» nomli aksiyalar o’tkazildi. Bunda Akademik litseydagi barcha o’qituvchi va o’quvchilar ,ota-onalar ishtirok etdilar.
2021-2021 o’quv yili boshida ota onalar yigilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Akademik litseyning 1-bosqich o’qituvchi va o’quvchilar ota onalari ishtirok etdilar. Yig’ilishda bir qator masalalar ko’rib chiqildi. Akademik litsey psixologi E.Yuldashev so’zga chiqib o’quvchilarning yosh davrlari (suitsid, o’smirlik davri inkirozlari kizlar urtasida erta tugruk, jinoyatchilik muammolari ) sabablari va ularni konstruktiv xal etish yo’llari xaqida tushunchalar berib o’tdi. O’quvchilardagi xulk-atvor muammolari va ularning yechimlari xaqida ham gapirib o’tdi. Ota onalar va o’quvchilar uchun suhbat va psixoprofilaktik nazorat daftarlari yuritilayotganligini ma’lum kildi .
Akademik litseyda doimiy litsey xamshirasi bilan birgalikda ertalabki saflanishda “Karonavirus infeksiyasi”, «Virusli gepotit A kasalligi» ya’ni sarik kasalligi buyicha tushunchalar berildi. Litsey xamshirasi bilan birgalikda xar bir guruhlar kesimida insholar va diktantlar olindi. “Karonavirus infeksiyasi” «Virusli gepotit A kasalligi» yukmasligi uchun doimo sog‘lam turmush tarziga amal kilish kerakligi aytib utildi. Xar bir guruh xonalari xlorlanib, qaynatilgan suv va suv idishlari tashkil kilindi.
Akademik litseyda 2021-2022 o‘kuv yilida kasbga yunaltirish buyicha xar bir guruhlar kesimida o‘kuvchilarni uzlari kizikkan kasblari buyicha kelajakda kaysi kasb egasi bulishlari aniklandi.
1- bosqich o’quvchilari o’rtasida «Mening kelajakdagi kasbim» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
2- bosqich o’quvchilari o’rtasida «Men tanlagan kasbning kelajak xayotimdagi o’rni» mavzusida insholar ko’rik tanlovi o’tkazilib, g’oliblar aniqlandi. Bundan tashkari o’quvchilarning individual psixologik xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib to’g’ri kasb tanlashlari uchun maslaxatlar berildi.