Bugun sizlar uchun muhim va unutilmas kun — litseydagi tahsil hayotingizning yakunlanayotgan onlari. Sizlarni ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganingiz bilan chin dildan tabriklayman!
Yillar davomida o‘z ustingizda ishladingiz, bilim oldingiz, orzular sari dadil odim tashladingiz. Endi esa sizni yangi marralar, yangi imkoniyatlar kutmoqda. Ishonchim komilki, sizlar har qanday sinovlarda bardavom bo‘lib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shuvchi yetuk mutaxassislar va komil insonlar bo‘lib yetishasizlar.
Sizlarga kelgusi hayot yo‘lingizda omad, mustahkam iroda, kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tilayman. Har doim orzu va maqsadlaringiz sari dadil intiling, hech qachon to‘xtamang!
Yana bir bor tabriklayman! Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Akademik litsey direktori, Ilhomjon Komilovich Mamajonov.