Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-sentabrdagi 433-sonli buyrug’iga asosan, FarDU akademik litseyi ona tili va adabiyoti o’qituvchisi N.Sharafiddinova, QPDI akademik litseyi ona tili va adabiyoti o’qituvchisi X.Yuldasheva hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filali akademik litseyi fizika fani o’qituvchisi H.Xatamovlar “O’rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko’krak nishoni bilan mukofotlandilar.

Mukofotlarni Farg’ona viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i Ziyodbek Yunusov topshirdilar!