Rus tili fanidan “Choyli fantaziyalar. Xizmatdosh so‘z turkumlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

2025 yil 23-aprel kuni akademik litseyda 2-juftlik dars mashg‘uloti davomida faol va tajribali ustozlardan biri — rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Nozanin Muratova tomonidan 8-24 guruhida “Чайные фантазии. Служебные части речи” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil qilinib, o‘quvchilarda xizmatdosh so‘z turkumlari haqida chuqur bilim hosil qilish, ularni amaliy misollar orqali o‘zlashtirishga qaratildi. Dars jarayonida interaktiv metodlar, jamoaviy ish usullari va ijodiy yondashuvlar qo‘llanildi. Mavzu doirasida o‘quvchilar grammatika bilimlarini mustahkamlab, rus tili boyliklarini yanada chuqurroq o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Mazkur ochiq dars nafaqat o‘quvchilar, balki darsni kuzatgan pedagoglar tomonidan ham yuqori baholandi. Nozanin Muratovaning puxta tayyorgarligi, darsga bo‘lgan ijodiy yondashuvi va o‘quvchilar bilan samimiy muloqoti dars samaradorligini oshiradi