“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davomida FarDTU 2-son akademik litseyi o‘quvchilari va Soy bo‘yi MFY yoshlari uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “Bir asar tahlili” tadbirlar rejasiga asosan joriy yilning 1-iyul kuni litsey ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi B. Polvonova tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida Said Ahmadning “Qorako‘z Majnun” asari tahlili o‘tkazildi.
Tadbir davomida asarning asosiy mavzusi, g‘oyasi, obrazlar tahlili va yozuvchining mahorati haqida suhbatlar olib borildi. Ishtirokchilar asardan olgan taassurotlarini aytishdi, muhokama va savol-javoblar tashkil etildi. Shu orqali o‘quvchi-yoshlar o‘z fikrini erkin ifodalash, badiiy matnni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yozuvchi Said Ahmad ijodini o‘rganish hamda yozgi ta’til davrida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.