Sayyor qabul – ilmga bo‘lgan intilish

2025-yil 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Taʼlim, Fan va Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va Malakalarni Baholash Agentligi Respublika va Farg‘ona viloyati vakillari akademik litsey o‘quvchilari bilan “Sayyor qabul” tadbirini o‘tkazdilar.

Tadbirda akademik litseyning bitiruvchi o‘quvchilari faol ishtirok etib, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat olish uchun o‘tkaziladigan imtixonlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar. O‘quvchilarga imtihon tizimi, baholash mezonlari, tayyorlanish uchun zarur bo‘lgan resurslar va metodologiyalar haqida so‘zlab berildi. O‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ularning ilmiy intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday tadbirlar o‘quvchilarni milliy sertifikat olish jarayoniga tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish va ilmga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.