TATU Farg‘ona filiali akademik litseyiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich tashrif buyurdi

Bugun 2021yil 27 sentyabr kuni TATU Farg‘ona filiali akademik litseyiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich tashrif buyurdi. Litseyning o‘quvchilari bilan ingliz tilida suhbatlashdi. Akademik litseyning Respublikadagi 65ta akademik litseylar ichida nufuzini, OTMga kirish ko‘rsatkichimiz 93%ni tashkil etganligi haqida, shuningdek o‘quvchilarning IT sohasida, chet tillarini o‘zlashtirish bo‘yicha erishayotgan yutuqlari bilan tanishib, o‘quvchilarning kelajakda Vatan ravnaqida hissalari katta bo‘lishida ishonch bildirdi.