TATUFF Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo’lib o’tdi

2023-yi 24-iyul kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan
2023-2024-o’quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari
o’tkazildi.
Test sinovlari respublikadagi 29 ta katta sig’imli binoda 2
smenada tashkil etilib, unda 28 ming nafardan ziyod talabgor
ishtirok etdi.
Test sinovlari ta’lim yo’nalishiga mos 2 ta fan va intellektual
qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo’yicha o’tkazildi.
Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test
topshirig’i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt berildi.
Test sinovi natijalari 5 kun ichida hisoblanib, Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.