Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida xorijiy tillar fan oyligi doirasida navbatdagi mazmunli tadbir – “Translation Battle” (Tarjimonlik mahorati) bo‘lib o‘tdi.
🔸 Tadbirda litseyning 1- va 2-bosqich talabalari faol ishtirok etib, o‘zlarining tarjimonlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Ishtirokchilar ingliz tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish bo‘yicha bir qator topshiriqlarni bajardilar.
🎯 Tadbir nafaqat bilimlarni sinovdan o‘tkazdi, balki talabalar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratdi, ularning tilga bo‘lgan qiziqishlarini oshirdi hamda tarjimonlik san’atining nozik jihatlarini chuqurroq anglashlariga imkon berdi.
📌 “Translation Battle” tadbiri tashkilotchilar va ishtirokchilar tomonidan yuqori baholanib, o‘quv jarayonini yanada boyitishga xizmat qiluvchi samarali tashabbus sifatida e’tirof etildi.