📅 14-may kuni akademik litseyimizning faol va tajribali ingliz tili fani o‘qituvchisi Barno Otaqulova tomonidan 9-24-guruh bilan “Transportation and Going Round City. Review” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
🔹 Ushbu dars davomida o‘quvchilar transport vositalari, shahar bo‘ylab harakatlanish, yo‘l ko‘rsatmalarini so‘rash va tushunish kabi mavzular yuzasidan bilimlarini mustahkamlashdi.
🔹 Ochiq dars interaktiv metodlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarning muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
📚 Barno Otaqulova tomonidan qo‘llanilgan innovatsion yondashuvlar darsning samaradorligini oshirib, o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.