UMFT universitetida grant asosida o’qish imkoniyati

Iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakliga 180 ta grant o’rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.

Abituriyentlar 3 bosqichli tanlov asosida saralab olinadi. Yakuniy natijalarga ko’ra eng yuqori ball to’plagan:
🥇birinchi 30 nafar qatnashchiga 75%;
🥈keyingi 60 nafar qatnashchiga 50%;
🥉navbatdagi 90 nafar qatnashchiga 25% lik grantlardan biri taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar 2024-yil 15-martdan 14-aprelga qadar ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun UMFT Grant Bot orqali ro’yxatdan o’tish talab etiladi.

Tanlov o’tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet vebsayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant

O’z maqsadlaringizga erishish yo’lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo’ldan boy bermang.