Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz

2025-yil 11-aprel kuni FarDU huzuridagi 2-son akademik litseyda 9-24-guruh oʻquvchilari ishtirokida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” shiori ostida milliy, badiiy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir guruhi rahbari Parpiyeva Xadijaxon tashabbusi bilan o’tkazildi.

Ushbu tadbirda o’quvchilar tomonidan Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarida, tarixiy sahna ko’rinishlari va yosh avlodning ma’naviy kamoloti mavzularida, badiiy chiqishlar, she’r va kuy-qo’shiqlar namoyish etildi. Tadbir uchun Vatanimiz ravnaqi har bir shaxsning mas’uliyati, ayniqsa yosh avlodning o’rni va roli haqida ma’lumotlar bildirildi.

Bunday mahsulotlar yoshlarning milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini yuksaltirish, maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini, Vatanga bo’lgan mehrini sifatida muhim kasb etadi.