2024-yil 8-yanvar kuni ushbu tushunchalarni yana bir bor o’quvchilarga eslatish, ularda vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida Farg’ona viloyati 529-harbiy qism vakillari o’quvchilar bilan bevosita muloqot o’rnatishdi.

Nafaqat vatanparvarlik tushunchasi balki ular kelajakdagi harbiy oliy o’quv yurtlariga hujjat topshirish haqida ham alohida to’xtalib o’tildi va o’quvchilar qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob berishdi.

Bunday sharafli ishlarda ularga kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilab qolamiz
Yaqinlashib kelayotgan
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni barchaga muborak bo’lsin 🇺🇿