Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviyat soati

O‘zbek xalqining sevimli shoiri, milliy g‘ururimiz timsoli Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlab, akademik litseyda ma’naviy-ma’rifiy tadbir — ma’naviyat soati tashkil etildi. Tadbir ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, faol ustoz Dilfuza Ernazarova boshchiligida, 6-23 guruh ishtirokida o‘tkazildi.

Ma’naviyat soati davomida o‘quvchilar shoirning hayoti, ijodiy faoliyati, asarlaridagi yurtparvarlik, milliylik va insoniylik g‘oyalari haqida chuqur ma’lumotlar bilan tanishdilar. Tadbirda Muhammad Yusufning she’riy merosi tahlil qilinib, adibning Vatanga bo‘lgan sadoqatli muhabbati har bir o‘quvchi qalbiga yetkazildi.

6-23 guruh o‘quvchilari shoirdan yod olgan she’rlarini ifodali aytib, uning asarlari asosida sahnalashtirilgan ko‘rinishlarda rollar ijro etishdi. Bu esa tadbirga ko‘tarinki ruh va badiiy zavq baxsh etdi.

Tadbir, o‘quvchilar qalbida Muhammad Yusuf ijodiga bo‘lgan qiziqishni oshiribgina qolmay, milliy qadriyatlar, ona tiliga hurmat va yurtga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Shoirning o‘lmas satrlari yana bir bor qalblarda yangradi.