Farg‘ona Davlat Texnika universiteti huzuridagi 2-son akademik litseyda xotin-qizlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda o‘quvchi qizlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar va takliflar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida qizlarning odob-axloqi, tartib-intizomi, kiyinish madaniyati va umumiy ijtimoiy faolligi bo‘yicha fikrlar bildirildi. O‘quvchi qizlarga zamonaviy yosh avlod vakili sifatida o‘zini tutish, hurmat, madaniyat, tozalikka rioya qilish va ilmga chanqoqlik kabi fazilatlar haqida tavsiyalar berildi.