Endi Toshkent davlat texnika universitetining diplomi butun dunyoda tan olinadi
2023-yilning 2-6 oktyabr kunlari Toshkent davlat texnika universitetida ta’lim sifatining jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligi Germaniyaning ASIIN tashkiloti tomonidan baholangan edi.
Baholash natijasiga ko‘ra, universitetning 60710600—Elektr energetikasi (elektr ta’minoti), 60712100—Metallurgiya bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari, 70710601—Elektr ta’minoti (sanoat korxonalari va shaharlar) hamda 70712101—Metallurgiya (metall turlari bo’yicha) magistratura mutaxassisliklari 5 yil muddatga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Ta’kidlash joizki, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ta’lim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi va ushbu dasturlar bo‘yicha oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom butun dunyoda tan olinadi.