Yakuniy imtihonlar: bitiruvchilarga omad tilaymiz!

🇺🇿Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi bitiruvchi o’quvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi 28-may sanasidan boshlandi.

📆 2025-yil 30-may kuni 2-bosqich o‘quvchilari uchun Ona tili va adabiyot fanidan Yakuniy davlat attestatsiya imtihoni o’tkazildi.

✅Imtihon jarayoni shaffoflik, adolatlilik, tartib-intizom tamoyillari asosida tajribali nazoratchilar ishtirokida, barcha o‘quvchilarining to‘liq ishtiroki ta’minlangan holda tashkil etildi.

Barcha bitiruvchilar uchun muhim va mas’uliyatli bosqich — yakuniy davlat attestatsiyasida omad yor bo’lishini va yuqori natijalar bilan yakunlashlarini tilab qolamiz!