TATU Farg‘ona filiali akademik litseyida o‘zlarining chinakam fidoyiligi bilan faoliyat olib borayotgan tozalik va tinchlik posbonlari bo‘lmish hizmat ko‘rsatish xodimlariga akademik litsey rahbari Ilxomjon Komilovich Mamajonov boshchiligida yangi yil hadyalari topshirildi. Tadbir davomida litsey rahbari xodimlarni kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan tabriklab, har bir xodimning mehnati sharafli ekanligi va har bir xodimning litsey hayotidagi muhim o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.