Yong‘in havfsizligi oyligi – xavfsizlikni ta’minlashning muhim qadamidir.

Bugun, 26-noyabr kuni, Farg‘ona shahridagi akademik litseyda “Yong‘in havfsizligi oyligi” doirasida maxsus tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in havfsizligini nazorat qilish bo‘limi inspektori kapitan B. Komilov hamda litsey ChQBT rahbari B. Niyazovlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga yong‘in havfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur bo‘lgan qoidalar, favqulodda holatlarda qanday harakat qilish lozimligi haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yong‘inga qarshi kurash vositalaridan to‘g‘ri foydalanish va tezkor choralar ko‘rish usullari amaliy tarzda namoyish etildi.

Mazkur tadbir nafaqat o‘quvchilarda yong‘in xavfini oldini olish borasida mas’uliyatni oshirishga, balki ularda xavfsizlik qoidalariga amal qilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.

O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ularga atroflicha javob berildi. Tadbir barcha uchun foydali va samarali o‘tdi.

Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda barchamiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur!