Muhammad al Xorazimiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali akademik litseyi o’quvchilar turar joyi haqida

MA’LUMOT     

     Muhammad al Xorazimiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali akademik litseyi o’quvchilar turar joyida   238 nafar o’quvchi joylashgan bo’lib, shundan 117 nafari     (qiz, bola) o’quvchilar, 121  nafari   (o’g’il bola) o’quvchilarini tashkil qiladi. O’quvchilar turar joyi 3 qavatdan iborat bo’lib, har bir qavatda alohida yuvinish xonalari, dush va xojatxonalar bor. O’quvchilar turar joyida 1-va 2 qavatga o’g’il bolalar, 3-qavatga qizlar joylashtirilgan va 2 nafar tarbiyachi va 3 nafar navbatchi tarbiyachilar faoliyat olib bormoqda. O’quvchilar turar joyiga kirishda  Prezidentimizning 5 tashabbus loyihalari  haqida ma’lumot beruvchi bannerlar va ma’lumotlar taxtasi tashkil qilingan. Barcha o’quvchilar yo’l harakati va texnika xavfsizligi qoidalari hamda yotoqxona odob-axloq normalari bilan tanishtirilgan. O’quvchilar turar joyining har bir qavatida ma’naviyat xonalari tashkil qilingan.