Akademik litsey o‘quvchilari turar joyida har haftaning payshanba kuni “Yotoqxonam obod maskanim” shiori ostida tozalik kuni o‘tkaziladi. Ushbu tashabbus yoshlarda poklik, tartib-intizom va mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qiladi. Bugun ham o‘quvchilar o‘z yotoqxonalarini obod qilish, tozalikni saqlash va shinam muhit yaratish maqsadida birgalikda mehnat qildilar. Bu kabi tadbirlar nafaqat yashash joyini ozoda tutishga, balki jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham yordam beradi. Yotoqxonani obod maskanga aylantirish har bir o‘quvchining burchi va sharafli vazifasidir.

- 27 Mar
- 2025