“Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Yozgi sport o‘yini–2025” tadbirlar rejasiga muvofiq, yozgi ta’til davomida FarDTU 2-son akademik litsey o‘quvchilari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan sport-ma’naviy tadbirlar davom etmoqda.
Joriy yilning 8-iyul kuni litsey matematika fani o‘qituvchisi O. Mamalatipov tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha sport o‘yinlari tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, mantiqiy fikrlash va strategik yondashuv ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Musobaqalar o‘zaro do‘stona muhitda o‘tib, o‘quvchilar o‘zaro tajriba almashdilar va shaxmat-shashka o‘yinlarining aql-zakovatni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida suhbatlashdilar. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi va bunday sport o‘yinlari yoshlar uchun doimiy davom ettirilishi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.