“Yozgi sport o‘yinlari” doirasida shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davomida FarDTU 2-son akademik litsey o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “Yozgi sport o‘yinlari” tadbirlar rejasiga muvofiq, 2025-yil 22-iyul kuni o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqalarda ishtirokchilar o‘z intellektual salohiyatini namoyon etib, strategik fikrlash, sabr-toqat va diqqatni jamlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. O‘yinlar do‘stona muhitda, sog‘lom raqobat asosida o‘tkazilib, g‘olib va faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Mazkur tadbir o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtni foydali o‘tkazishga xizmat qildi.