2024-yil 8-noyabr kuni akademik litseyning birinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirda 4-24, 5-24 va 6-24 guruhlari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in intellektual bahslar davomida guruhlar murakkab savollarga javob berib, o‘zlarining aqliy qobiliyatlarini namoyon etdilar. Turnirning yakunida 6-24 guruhi yuqori natija ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu turnir o‘quvchilarda bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish va jamoaviy ruhni kuchaytirishga xizmat qildi.
- 08 Nov
- 2024