Zakovat to’garaklari faoliyatiga nazar

Ma’lumki bugungi kunda intellektual o’yinlarga qiziquvchilar uchun “Zakovat intellektual klubi” NNT bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari, maktablar, professional ta’lim muassasalari va mahallalarda Zakovat to’garaklari faoliyati yo’lga qo’yilgan.

Bugun “Zakovat intellektual klubi” NNT hududiy koordinatorlari TATU FF akademik litseyida bo’lib u yerdagi Zakovat to’garagi faoliyati bilan tanishdilar. Shu bilan birga
litsey bilimdon yoshlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirokida navbatdagi to’garak o’tkazildi. To’garak Ma‘naviy ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shahnoza G‘ofurova va “Zakovatli Yoshlar” to‘garagi koordinatori Dostonova Nodiraxon bilan birgalikda o’tkazildi. O’quvchilarga intellektual mashg’ulotlar, zakovatklubi.uz platformasidan foydalanish,turnirlari va beriladigan imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.