Bugun, 14-fevral kuni 7-24-guruhi tomonidan ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Axronqulova Muhabbat ustoz boshchiligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ochiq ma’naviyat soati o‘tkazildi. Dars davomida Boburning hayoti, ijodi va tarixiy merosi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uning adabiy va davlat arbobi sifatidagi faoliyati muhokama qilinib, talabalarning mazkur mavzuga oid bilimlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur […]
Read MoreBugun, 14-fevral kuni akademik litseyda bitiruvchi yoshlarni oliy ta’limga targ‘ib qilish maqsadida tadbir tashkil etildi. 🏢 Mazkur tadbir Milliy tadqiqot yadro universiteti (MIFI) Toshkent filiali mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi. Unda bitiruvchilarga universitet taqdim etadigan ta’lim imkoniyatlari, shart-sharoitlar hamda o‘qish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir davomida ishtirokchilar oliy ta’lim va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha qiziqtirgan savollariga […]
Read MoreBugun, 13-fevral 2025-yil kuni akademik litseyning eng faol ustozlaridan biri, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Xadiyja Parpiyeva tomonidan 9-24-guruh bilan “Saddi Iskandariy” dostoni mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ushbu dars 3 juftlik mashg‘ulotlari davomida tashkil etilib, Alisher Navoiy ijodining mazkur asari atroflicha tahlil qilindi. Dars jarayonida talabalarga dostonning mavzusi, asosiy g‘oyalari va badiiy xususiyatlari haqida […]
Read MoreAkademik litseyda sifatli ta’lim jarayonini tashkil etish va innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish maqsadida tajribali ustozlar tomonidan turli ochiq darslar o‘tkazilmoqda. Shu doirada ingliz tili fani o‘qituvchisi Barnoxon Otaqulova 6-24 guruh o‘quvchilari bilan 3-juftlik darsida “Successful People” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Dars davomida o‘quvchilar dunyodagi mashhur va muvaffaqiyatga erishgan shaxslar hayoti, ularning erishgan yutuqlari haqida […]
Read MoreAkademik litsey o‘quvchilarining bilim darajasini aniqlash, ularning o‘zlashtirishini tahlil qilish va ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida navbatdagi oraliq nazorat testi o‘tkazilmoqda. Ushbu test imtihonlari o‘quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda kelajakdagi o‘qish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish uchun muhim ahamiyatga ega. Test sinovlari davomida har bir fan bo‘yicha mavzular o‘z aksini […]
Read More9-fevral – buyuk bobokalonimiz, ulug‘ shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Har yili ushbu sana yurtimizda keng nishonlanib, Navoiy ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar, ma’rifiy uchrashuvlar va adabiy kechalar o‘tkaziladi. Litseyimizda ham ushbu kunga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar taqdim etishdi, shoirning go‘zal g‘azallari va […]
Read MoreRespublikamiz bo‘ylab Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar keng nishonlanmoqda. Ushbu tadbirlar silsilasi bizning litseyimizda ham davom etmoqda. Bugun 8-24 guruhi o‘quvchilari “Buyuk allomalar avlodimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazishdi. Tadbir davomida ikki buyuk ajdodimiz – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi va bizga qoldirgan bebaho merosi haqida so‘z yuritildi. […]
Read MoreBugun 🏛 akademik litseyning “Zakovat klubi” aʼzolari Farg‘ona viloyati “Prezident maktabi” o‘quvchilari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida bellashdilar. Intellektual o‘yin qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Savollarga tezkor va aniq javob berish, mantiqiy fikrlash hamda jamoaviy ishlash bo‘yicha o‘quvchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning bilim va tafakkurini oshirishga, o‘zaro do‘stlik va […]
Read MoreAkademik litseyning faol tashabbuskor o‘quvchi yoshlari tomonidan “Katta tanaffus” Radio loyihasi ish boshladi. Bunda o‘quvchilar katta tanaffus vaqtida chiroyli kuy qo‘shiqlar, dunyo yangiliklari, sport xabarlari va litsey yangiliklaridan eshitib dam oladilar. Shuningdek tavallud kunlarini nishonlayotgan ustoz va o‘quvchilarga tabriklar yo‘llanadi.
Read More14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan TATU Farg‘ona filiali akademik litseyi o‘quvchi yoshlari tomonidan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” nomli badiiy bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda 2-24-guruh o‘quvchilari o‘zlarining ijodiy chiqishlari bilan qatnashib, sahnada Vatan himoyachilari sha’niga bag‘ishlangan she’rlar, qo‘shiqlar va teatr ko‘rinishlari namoyish etdilar. Bayram dasturida harbiylar hayoti va ularning fidoyiligi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari […]
Read More