Author: Асадбек

Tanlov

Qadrli kanalimiz a’zolari, umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseyga jalb qilish maqsadida, litseyda eng yaxshi targ‘ibot video roligi tanlovi o‘tkaziladi. Sizlar ham tanlovda faol ishtirok eting. Tayyorlangan roliklar kanalimiz orqali namoyish etib boriladi. Eng ko‘p 👍to‘plagan rolik egasi g‘olib bo‘ladi.

Read More

Litsey faxri

TATU Farg’ona filiali akademik litseyining yana bir ikkinchi bosqich bitiruvchisi Muxtorov Hurmatulloh muddatidan avval talabalikka sazovor bo’ldi. Hurmatulloh o’zining o’qish faoliyati jarayonida IELTS overall 6.5, ingliz tilini bilish darajasi milliy sertifikati bo‘yicha B2 darajalarni qo’lga kiritgan .Akademik litseyda olgan bilim va ko‘nikmalari orqali dunyoning nufuzli universiteti, Korea davlatining INHA universiteti ga o’qishga qabul qilindi.Litsey jamoasi […]

Read More

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot ishga tushirildi

Sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot (ilmiy tadqiqot ishi doirasida) ishlab chiqildi. Mazkur bot orqali foydalanuvchining ingliz tilini bilish darajasini 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) asosida aniqlash mumkin. Shuningdek, bot orqali fikrlar, taqrizlar va maslahatlar olish hamda yozma ishni plagiatga tekshirish imkoniyati mavjud. Bot manzili: @mock_milliy_test_bot

Read More

UMFT universitetida grant asosida o’qish imkoniyati

Iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakliga 180 ta grant o’rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi. Abituriyentlar 3 bosqichli tanlov asosida saralab olinadi. Yakuniy natijalarga ko’ra eng yuqori ball to’plagan:🥇birinchi 30 nafar qatnashchiga 75%;🥈keyingi 60 nafar qatnashchiga 50%;🥉navbatdagi 90 nafar qatnashchiga 25% lik grantlardan biri taqdim etiladi. Tanlovda ishtirok etishni […]

Read More