Akademik litseyimizni obodonlashtirishda davom etamiz

Bugun akademik litseyimizning “O‘quvchilar turar joyi” hududida unumdor yerlarida turli xil poliz ekinlarining ko‘chatlari mehr bilan qadaldı. O‘quvchilar va ustozlar birgalikda olib borgan ushbu tadbirda pomidor, bodring, qalampir kabi poliz ekinlarining ko‘chatlari diqqat bilan yerga ekildi. Ushbu tadbir nafaqat o‘quvchilarga tabiatga mehr, yerga hurmat tuyg‘ularini aşırishga xizmat qilgan, balki ular ekologik tarbiya olishda ham katta […]

Read More

“Amir Temur — hurlik quyoshi” mavzusida badiiy-maʼnaviy tadbir

2025-yil 9-aprel kuni FarDTU 2-son akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan “Amir Temur — hurliк quyoshi” mavzusida badiiy-maʼnaviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirni litseyning 4-24-guruh rahbari Zokirjon To‘xtayev boshchiligidagi o‘quvchilar yuksak saviyada tashkil etdilar. Tadbir davomida tarixiy sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, sahnaviy kompozitsiyalar orqali Amir Temurning jasorati, adolatparvarligi va ulkan merosi keng […]

Read More

“Amir Temur – sohibqiron, buyuk sarkarda” mavzusida ochiq seminar darsi

2025-yil 9-aprel kuni FarDTU 2-son akademik litseyining bilimli va faol ingliz tili fani o‘qituvchisi, 7-23-guruh rahbari Yuldasheva Nigora tomonidan “Amir Temur – sohibqiron, buyuk sarkarda” mavzusida ochiq seminar darsi yuqori saviyada tashkil etildi. Seminar dars davomida o‘quvchilarga Amir Temurning shonli hayoti, harbiy sarkardaligi, davlat boshqaruvidagi donishmandligi va jahon tarixidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ta’limiy […]

Read More

Litsey o‘quvchilari va rahbariyat o‘rtasida ochiq muloqot

Akademik litseyda Farg‘ona Davlat Texnika Universiteti o‘quv-uslubiy bo‘limi bosh mutaxassisi Abbosxon Qodirov hamda litsey direktori Ilhomjon Komilovich Mamajonov ishtirokida o‘quvchi yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbat tashkil etildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini rahbarlarga bildirishdi. Shuningdek, kelajak rejalari, kasb tanlovi va oliy taʼlim muassasalariga kirish bo‘yicha fikr almashildi. Mazkur muloqot o‘quvchi-yoshlarning […]

Read More

Litseyda o‘qish targ‘iboti bo‘yicha maktablarga tashrif

2025-yil 8-aprel kuni Akademik litseyning faol ustozlari tomonidan Qo‘shtepa tumanidagi 10-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga tashrif uyushtirildi. Ushbu tashrifdan maqsad — 9-sinf bitiruvchilarini Akademik litseyda tahsil olishga targ‘ib qilish, litseydagi yo‘nalishlar, o‘quv jarayoni va yaratilgan sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berishdan iborat bo‘ldi. Ustozlar bitiruvchilarga litseyda o‘qish imkoniyatlari, kasbga yo‘naltirish, chuqurlashtirilgan taʼlim tizimi haqida tushunchalar berdilar va […]

Read More

Harbiy dala mashqlari – vatanparvarlik saboqlari

2025-yil 8-aprel kuni akademik litseyning ikkinchi bosqich o‘quvchi yigitlari ChQBT rahbari Bekzod Niyazov boshchiligida Farg‘ona viloyati harbiy poligonida o‘q otish bo‘yicha harbiy dala mashqlarida ishtirok etdilar. Mazkur mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar harbiy intizom, qurolni to‘g‘ri tutish, nishonga o‘q uzish kabi amaliy ko‘nikmalarni o‘rgandilar. Shuningdek, ular jamoaviylik, mas’uliyat va jasorat kabi fazilatlarni chuqur anglab yetish imkoniga ega […]

Read More

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan sport musobaqalari

2025-yil 7-aprel kuni Akademik litseyda “Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlar ishtirokida sport sog‘lomlashtirish musobaqalari tashkil etildi. Tadbir davomida harakatli o‘yinlar, sport estafetalari va jamoaviy bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli o‘yinlar va faol ishtirokchilar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi hamda sog‘lom hayot tarzining muhimligini yana bir bor yodga […]

Read More

“Al-Xorazmiy izdoshlari” nomli matematik bellashuv

Akademik litseyda “Matematika fan oyligi” doirasida matematika fani o‘qituvchisi 👩‍🏫 Nodiraxon Dostonova tomonidan aniq fanlar texnika yo‘nalishi va aniq fanlar iqtisod yo‘nalishi o‘quvchilari o‘rtasida “Al-Xorazmiy izdoshlari” nomli qiziqarli va bilimlarga boy matematik bellashuv tashkil etildi. Bellashuvda o‘quvchilar mantiqiy fikrlash, tezkorlik va jamoaviy hamkorlik qobiliyatlarini namoyon etdilar. 🔢 G‘olib jamoalar quyidagicha:🥇 1-o‘rin: 2-23-guruh🥈 2-o‘rin: 5-23-guruh🥉 3-o‘rin: […]

Read More

“Behbudiy asarlarini o‘rganamiz” shiori ostida maʼnaviy tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2024-yil 27-dekabrdagi PQ-462-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, 2025-yil 4-aprel kuni Farg‘ona akademik litseyi 7-24-guruh o‘quvchilari tomonidan “Behbudiy asarlarini o‘rganamiz” shiori ostida kichik maʼnaviy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ma’rifiy […]

Read More

Tarixiy xotira izidan: Farg‘ona viloyati O‘lkashunoslik muzeyiga sayohat

2025-yil 4-aprel kuni Farg‘ona akademik litseyning tarix fani o‘qituvchisi Salaydinov Maʼrufjon ustoz boshchiligida 5-24-guruh o‘quvchilari uchun Farg‘ona viloyati O‘lkashunoslik muzeyiga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilar viloyatning boy tarixiy merosi, qadimiy yodgorliklar, milliy urf-odatlar hamda madaniyatiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Muzey xodimlari tomonidan berilgan qiziqarli maʼlumotlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi va tarix faniga bo‘lgan […]

Read More